N. Otaxonov: “Bu kunlar”imni Matbuot agentligi “ekstremistik” deb topganini eshitdim
Yozuvchi Nurullo Otaxonovning Ozodlikka norasmiy manbalarga tayanib aytishicha¸ uning "Bu kunlar" kitobi Matbuot va axborot agentligida uch marta muhokama qilingan va 30 oktabr kuni kitobda “konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz” borligi to‘g‘risida rasmiy xulosa chiqarilgan. Toshkent IIBB Tergov boshqarmasining Otaxonov ishiga bevosita aloqador mutasaddisi Ozodlikning "Bu kunlar" ekspertizasiga oid savolini javobsiz qoldirdi.