Islom Karimovning o‘g‘li ham borligi rasman aytildi
Shu paytgacha Karimovning uchinchi farzandi borligi to‘g‘risida aytilmas edi. Masalan, uning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rasmiy saytida e’lon qilingan tarjimai holida ham ikki qizi haqidagina aytilgan. Biroq O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining rasmiy saytida e’lon qilingan biografiyada marhumning o‘g‘li ham borligi aytildi.