OzodMikrofon: “Bir qo‘lim yo‘q bo‘lsa ham, pensiyamni bekor qilishgan”
Samarqand viloyati Tayloq tumanining Mulkiayoz qishlog‘ida yashaydigan 35 yashar Zafar Abdurahimov garchi bir qo‘li tirsagidan yo‘q bo‘lsa ham, uning nogironlik pensiyasi bundan 8 yil muqaddam bekor qilingani va shu paytgacha pensiyasiz qiynalib qolib, Toshkentning Qo‘yliq dehqon bozorida bir qo‘li bilan aravakashlik qilayotganini OzodMikrofonga gapirib berdi.