Farg‘ona viloyat radiosi jurnalisti: 17 yildan buyon davlatdan uy ololmayapman!
OzodMikrofonga murojaat qilgan 54 yashar farg‘onalik Muborak Jo‘raevaning aytishicha, u 29 ga kirgan o‘g‘li bilan 2015 yildan buyon 1 xonali kvartirada yashaydi. Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasida 15 yil muxbir bo‘lib ishlagan, hozirda II guruh nogironi Muborak Jo‘raeva uy so‘rab shahar hokimiyatiga birinchi marta ariza yozganiga 17 yil bo‘ldi.