Andijonda tonnasi 150 ming so‘mlik "xalq ko‘miri"ni 700 mingdan pullayotganlar ushlandi
Andijon viloyati Asaka tumanidagi ko‘mir omborida aholiga arzon narxda sotish uchun olib kelingan ko‘mirning g‘ayriqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar 4 oktabrda ushlandi. Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi va MXX xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida ombordan g‘ayriqonuniy olib chiqib ketilayotgan bir necha yuk mashinasi ushlangan. Oradan ikki kun o‘tib Axtachi ko‘mir omborida ham g‘ayriqonuniy ko‘mir ortilgan bir necha mashina qo‘lga olingan.