Xotinini pichoqlagan sayramlik o‘zbek qamoqqa olindi
Janubiy Qozog‘iston viloyati Qoratoy tumani Sayram qishlog‘ida yashovchi 34 yashar Xayrilla Normetov qotillikka urinishda ayblanib 14 noyabr kuni hibsga olindi.
Bundan oldin Normetov 31 yashar turmush o‘rtog‘ini xristian diniga kirdi deya pichoqlaganini e’tirof qilgan va uning o‘zi Whatsap orqali hamqishlog‘iga jo‘natgan video 13 noyabr kuni Ozodlikka yetib kelgan edi.