Hibsdagi jurnalist Bobomurod Abdullaev ilk bor advokat bilan uchrashdi
Konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga uringanlikda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaev hibsga olinganidan bir yarim oy o‘tib ilk bor advokati bilan uchrashtirildi.Huquq faoli Sur’at Ikromovning Ozodlikka aytishicha, advokat To‘lqin Orifjonov 14 noyabr kuni MXX tergov izolyatorida jurnalist bilan bir soatcha suhbatlashgan. Suhbat chog‘ida Bobomurod Abdullaev shikoyati yo‘qligini aytgan.