Toshkent va Zangiotada "qora ro‘yxat"dan o‘chirilgan saksonga yaqin dindor ushlandi
O‘zbekistonning Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Zangiota tumanida so‘nggi uch kun mobaynida yoshi 20dan 60gacha bo‘lgan saksonga yaqin ayol va erkak dindor ushlangan. Toshkentdagi Inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromovning Ozodlikka bildirishicha, qo‘lga olinganlar Zangiota tumani va Toshkent shahri militsiya bo‘limlariga olib kelingan va soatlab so‘roq qilingan.