World News in Uzbek

O‘zbekiston hukumati qamoqxonalardagi qiynoqlarga yana barham bermoqchi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 2018–2020 yillarda “hibsga olingan va javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qiynoq, ruhiy va jismoniy bosim qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV rasmiy saytida 6 yanvar kuni xabar qilindi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘tgan oy O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida sud-tergov davomida qiynoq qo‘llash holatlarini tanqil qilgan va qiynoq qo‘llaganlarni jazolashga va’da bergandi.

Читайте на сайте