AQSh e’lon qilgan yangi sanksiyalar ro‘yxatida o‘zbek oligarxlari ham bor
AQSh Moliya vazirligi yangi sanksiyalar joriy qilinishi mumkin bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bo‘lganlar ro‘yxatini e’lon qildi. “Kreml ma’ruzasi” deb nomlangan bu hujjatda keltirilgan Rossiya hukumati, prezident Ma’muriyati, yirik biznesmenlar va siyosiy yetakchilar aks etgan 210 kishilik ro‘yxatda kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan oligarxlar Alisher Usmonov va Iskandar Mahmudov familiyalari ham bor.