Maktab formasi bolalarning jismoniy faoliyatini cheklashi mumkin — tadqiqot
![Maktab formasi bolalarning jismoniy faoliyatini cheklashi mumkin — tadqiqot](https://www.gazeta.uz/media/img/2018/09/ISd1fY15362288484090_b.jpg)
Kembrij universiteti tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, maktab formasi bolalarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan qizlarning harakatchanligini cheklashi mumkin. Olimlar buni yubka yoki ko‘ylakda faol o‘yinlarda qatnashish qizlar uchun noqulay ekani bilan bog‘laydi.