Axens Ai-80 benzini ishlab chiqarishni to‘xtatish uchun Buxoro NQIZni modernizatsiya qilishga yordam beradi
![Axens Ai-80 benzini ishlab chiqarishni to‘xtatish uchun Buxoro NQIZni modernizatsiya qilishga yordam beradi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/04/qryxsp17141051543404_b.jpg)
Fransiyaning Axens kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish doirasida qator qurilmalarni loyihalashtiradi. Loyiha “O‘zbekneftgaz”ga Ai-80 benzin ishlab chiqarishdan voz kechib, 1 mln tonnadan ortiq Yevro-5 sinfidagi Ai-92 va Ai-95 benzinlarini ishlab chiqarishga o‘tish imkonini beradi.