Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning 2 sherigi qamaldi
Chilonzor tumani sudi 40 yoshli ayolni firibgarlik bilan 80 dan ortiq kishining nomiga kredit evaziga texnika mahsulotlarini xarid qilib kelgani uchun 5 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etdi. U bungacha ham 12 marta sudlangan. Shuningdek, bu ishda ayolga yordam bergan ikki yigit 5 yilu 6 oy muddatga qamaldi.