Abdulaziz Karim O‘zbekiston chegara xizmatchilarini "xalq dushmanlari" deb atadi
Turkiyada yashayotgan o‘zbek san’atkori Abdulaziz Karim ijtimoiy tarmoqlar orqali videochiqish qilib, O‘zbekiston chegarachilarini “xalq dushmanlari” deb atadi. 44 yashar san’atkorning aytishicha, uning bunday chiqishiga O‘zbekiston chegarachilarining "noqonuniy xatti-harakatlari sabab bo‘lgan".