Turkmanistonda yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlari vaqtida sayyohlarga gidlar tirkab qo‘yiladigan bo‘ldi
Tashqi aloqalarni unchalik suymaydigan Turkmanistonning mulozimlariga ko‘ra, bu mamlakat sentabrda mezbonlik qiladigan Yopiq inshootlarda va jangovar yakkakurashlar bo‘yicha Osiyo o‘yinlarini (AIMAG) tomosha qilgani o‘n minglab sayyohlar kelishi kutilmoqda. Ashxobod rasmiylari kelishi kutilayotgan chet elliklarni mahalliy gidlarni yollashi lozimligi va ulardan uzoq ketib qolmasligi kerakligidan ogohlantirmoqda.