Qurultoy: "Sud tizimi Mirziyoev ko‘rsatmalarini sabotaj qilmoqda!"
Sarlavhaga chiqarilgan bu gapni o‘zbekistonlik taniqli advokat Ruhiddin Komilov Ozodlikning "Qurultoy"ida aytdi. Prezident Mirziyoevning sudlarni "xalqparvar va adolatparvar" qilish talabi bilan o‘tkazgan videoselektori muhokama qilingan "Qurultoy" qatnashchilari so‘z erkinligi va siyosiy muxolifat yo‘q mamlakatda bu kabi bayonotlar bilan vaziyatni o‘zgartirib bo‘lmasligini ta’kidladilar.