Hokimdan kaltak yegani iddao qilinayotgan yana bir fermer o‘zini osib o‘ldirdi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida fermerlik qilib kelgan O‘ktam Eshmurodov seshanba kuni dalasidagi shiyponda o‘zini osdi. Suiqasd tafsilotlariga yaqin kosonliklar iddaosicha, 43 yashar fermer bug‘doy rejasini bajara olmagani uchun hokimdan kaltak yeganidan so‘ng o‘zini o‘ldirgan. Ozodlik bog‘langan Koson tumani hokimi bu iddaoni inkor qildi.