Ikki advokatning shariatni Konstitutsiyadan ustun qo‘yganiga oid MXX iddaosi rad etildi
Shu yilning 25 iyulida Toshkent shahar advokatlar palatasining malaka komissiyasi ikki advokatning kasbiy odobi va malakasiga oid MXX mulozimi kiritgan taqdimnomani ko‘rib chiqdi va unda ilgari surilgan talabni rad etdi. Advokatlardan birining Ozodlikka aytishicha, ularning "islomchilikda" ayblanishiga iftor paytida og‘iz ochish uchun suv so‘ragani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.