Pokiston toliblari ayollar uchun jurnal chop qila boshladi
Pokistondagi eng mashhur jangarilar guruhining saflariga ayol jangchilarni jalb qilishga urinishi Islom davlati (ID) va boshqa ekstremistik guruhlardan ortda qolmaslikka o‘xshab ko‘rinadi. Ma’lumki, o‘sha guruhlar saflarini ayollar bilan to‘ldirish va targ‘ibotni kuchaytirish uchun ayni da’vatlardan foydalangan edi.