Toshkentlik homilador ayol uni militsiya xodimlari kaltaklab, tepganini iddao qildi
Toshkentlik 25 yashar homilador ayol 7 avgust kuni kechqurun Yunusobod tumanidagi Xotira maydonida sayr qilib yurganida uni ichki ishlar xodimlari fohishalikda gumonlab, mashinaga tiqib ichki ishlar bo‘limiga olib ketganini iddao qildi.
Nazokat To‘laganovaning aytishicha, unga qo‘shib, 15 yashar jiyani ham kaltaklangan va militsiya bo‘limiga olib borilgan.