G‘arb shirkatlarining O‘zbekistondagi korrupsiya mojarosidagi roliga oid hisobot e’lon qilindi
"O‘zbekiston hukumati uyushgan jinoiy to‘da kabi faoliyat yuritgan va bundan marhum prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova foyda ko‘rgan". Londondagi Qirolicha Mariya universiteti (Queen Mary University of London) qoshidagi "Davlat jinoyatlarini o‘rganish xalqaro tashabbusi" (International State Crime Initiative) xodimlari tayyorlagan 102 betli hisobot annotatsiyasi yuqoridagi fikr bilan boshlanadi.