Eri qidiruvda bo‘lgan o‘zbek ayoli farzandlari bilan Rossiyaga kiritilmadi
26 iyul kuni O‘zbekistondan 2 yosh bolasi bilan Moskvaga uchib kelgan ayol Rossiyaga kiritilmadi va O‘zbekistonga qaytarib yuborildi. 8 avgust kuni esa, ayolning turmush o‘rtog‘i - 38 yashar Abror Xidirov Moskvada O‘zbekiston ma’murlari talabi bilan qo‘lga olindi. O‘zbekistonda diniy motivlar bilan qidiruvga berilgani aytilayotgan Xidirovni Moskvadagi “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti o‘z himoyasiga oldi.