AQShda namoyishchilarga qarshi qilingan avtomobil hujumida bir ayol o‘ldi (VIDEO)
12 avgust kuni AQShning Sharlotsvill shahrida amalga oshirilgan hujum natijasida bir ayol halok bo‘ldi, 19 odam jarohatlandi. Namoyishchilar ustiga avtomobil bilan bostirib borgan 20 yashar Jeyms Aleks Filds qo‘lga olinib, unga qarshi ish ochildi. Shaharda favqulodda vaziyat e’lon qilinib, xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya askarlari safarbar qilindi.