Bosh vazir tanqididan so‘ng telekanallarda jonli efir to‘xtatildi
Jonli efiri to‘xtatib qo‘yilgan ko‘rsatuv mualliflaridan birining Ozodlikka aytishicha¸ 21 avgustdan boshlab ko‘rsatuvlar oldin yozib olinib, muharrir nazoratidan o‘tgachgina, efirga qo‘yilmoqda. Keyingi paytlarda MTRKning yetakchi kanallarida informatsion dasturlardan tashqari "Munosabat", "Xalqaro press-klub", "Uchburchak" kabi tok-shoular jonli efirda yoyinlanayotgan edi.