World News in Uzbek

Farg‘onada ota o‘z o‘g‘lining ustiga benzin sepib, yoqib yubordi

Farg‘onada 51 yoshli ota 27 yoshli o‘z o‘g‘lini, ustiga benzin qo‘yib, yoqib yubordi. Voqea 19 avgust kuni Farg‘onaning Bag‘dod tumani, Olchin qishlog‘ida ro‘y berdi. Ota jinoyat joyidan g‘oyib bo‘lgan va keyinchalik ushlanib, hibsga olingan. Jabrlanuvchi o‘g‘il tanasining 70 foizi kuyib, og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, ota va farzand o‘rtasidagi janjal mashina ustida chiqqan.

Читайте на сайте