Hokim tadbirkordan qurbonlikka qo‘y undirib, Prezident nomidan kambag‘alga berayapti
Andijon viloyatining Asaka tumani hokimi tadbirkorlar va chorvachilik bilan shug‘ullanadigan fermerlarni birma-bir suhbatga chorlab, Qurbon hayiti uchun bittadan qo‘y yoki mol berishni talab qilmoqda. Bu haqda Ozodlikka xabar bergan tadbirkorlarning aytishicha, hokim bu qo‘y va mollarni kam ta’minlangan oilalarga hokimiyat va prezident nomidan ehson qilib topshirishini aytgan.