World News in Uzbek

Jurnalist Bobomurod Abdullaevning uyida tintuv o‘tkazildi, uning o‘zi qo‘lga olingan

Toshkentlik 44 yoshli jurnalist va sport sharhlovchisi Bobomurod Abdullaevning uyida 29 sentabr kuni peshindan keyin Yunusobod tuman IIB tezkor guruhi tarafidan tintuv o‘tkazildi. 3 kundan buyon qaerdaligi noma’lum qolayotgan Bobomurod Abdullaevning o‘zi esa, 27 sentabr kuni o‘g‘irlikda gumonlanib qo‘lga olingani Ozodlikka bir necha soat oldin ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ozodlikka Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining ismi aytilishini istamagan zobiti ma’lum qildi.

Читайте на сайте