Bosh vazir va’dasi bajarilmadi - Banklar naqd dollar sotmayapti
2 oktabr - dushanba kuni Toshkentdagi banklarning valyuta ayirboshlash shohobchalarida jismoniy shaxslarga valyuta naqd ko‘rinishda sotilmayotgani xabar qilinmoqda. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 24 sentabr kungi hukumat yig‘inida 1 oktabrdan jismoniy shaxslarning chet el vayutasini naqd xarid qilishiga ruxsat berilishini aytgan edi.