Inson huquqlari himoyachisi A’zam Farmonov ozodlikka chiqarildi (VIDEO)
3 oktabr kuni, 10 yildan ortiq hibsda saqlangan, qo‘shib berilgan jazo muddati yana 4 yildan keyin tugashi kutilayotgan inson huquqlari faoli A’zam Farmonov ozodlikka chiqdi. Farmonovning turmush o‘rtog‘i Ozoda Yoqubova 3 oktabr, kunning ikkinchi yarmida jurnalistlarga A’zam Farmonovning huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov hamrohligida uyiga qaytayotganini aytdi. Huquq himoyachisining ozodlikka chiqarilishini AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi olqishladi.