Imom Buxoriy siymosini o‘zbek rassomi ilk bor katta polotnoda aks ettirdi
Samarqandlik 60 yashar o‘zbek rassomi¸ O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Ahmad Umarov Imom Buxoriy haqida epik polotno yaratdi. Ozodlik bilan suhbatda rassom uch yil umrini sarflab yaratgan asarini yaqinda Samarqandda tashkil qilinishi kutilayotgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqotlari markaziga sovg‘a qilish niyatini bildirdi.