Andijon viloyat hokimi va’dasidan tondi, o‘qituvchilar yana paxtada
Byudjet tashkilotlari xodimlarini paxta terimiga majburiy chiqarishni “jinoyat” degan Andijon viloyat hokimi o‘qituvchi va tibbiyot hamshiralarini yana dalaga chiqarmoqda. Bu haqda xabar bergan o‘qituvchi va hamshiralarning aytishlaricha, dushanba kuni yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng, ular “vatanparvarlik” shiori ostida paxta terimiga majburlanyapti. Andijon viloyat hokimligi mulozimi esa, majburiy mehnatni inkor qilarkan, hatto MXX xodimlari ham o‘z ixtiyori bilan paxta terayotganini aytdi.