Rossiyaga Migratsiya agentligi jo‘natgan o‘zbekistonlik "yarim qul"ga aylantirilganini aytdi
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan Rostov shahriga Toshkentda tuzilgan shartnoma asosida ishga jo‘natilgan o‘zbek muhojiri Rossiyada yana bir shartnoma tuzilgani, natijada o‘zbekistonliklar "yarim qullik holatida ishlashga majbur bo‘layotganidan" arz qildi. O‘zbekistonliklarni Rostov viloyatiga jo‘natgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Toshkent viloyat bo‘limi vakili og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlariga "agentlik yuristiga arz qilish"ni tavsiya qilish bilan cheklandi.