Bolasini 30 ming rublga sotgan o‘zbekistonliklarga jinoiy ish ochildi
10 oktabr kuni Voronej viloyatining Komintern tumanida o‘z chaqalog‘ini 30 ming rublga sotishga uringan o‘zbekistonlik 29 yashar ayol va uning 39 yashar fuqaroviy eriga nisbatan jinoiy ish ochildi. So‘roq davomida ota-ona O‘zbekistonga qaytish uchun biletga pul topish maqsadida chaqaloqni sotganini bildirgan.