World News in Uzbek

NYT: Soipov muqaddam AQSh huquq-tartibot idoralari nazariga tushgan

AQSh matbuoti Nyu-York shahrida yuk avtomobilini piyodalar va velosipedchilarning ustiga qasddan haydab, sakkiz odamni o‘ldirgan va 11 odamni jarohatlagani aytilayotgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov shaxsiga oid ayrim ma’lumotlarni e’lon qildi. Jumladan, The New York Times gazetasi Soipov muqaddam AQSh huquq tartibot idoralari nazariga tushgani haqda yozdi. Nashrga ko‘ra, allaqanday tergov doirasida politsiya u haqda ma’lumot to‘plagan. Lekin huquq-tartibot idoralarini nima qiziqtirgani ma’lum emas.

Читайте на сайте