Abu-Dabida bir milliard dollarlik muzey ochiladi
Joriy hafta oxirida, shanba kuni Abu-Dabi Luvr muzeyining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 2007 yili Parij Luvri Abu-Dabida 2012 yilgacha yangi muzey qurilishini e’lon qilgan edi. Muzey ochilishi bir necha marta kechiktirilgan. Abu-Dabi “Luvr” nomidan 30,5 yil davomida foydalanish uchun Fransiyaga 525 million dollar to‘lagan.