Diniy bilim yurtlar qoshida katta yoshlilar uchun "Qur’on kurslari" ochiladi
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning buyrug‘i bilan diniy bilim yurtlar qoshida pullik o‘quv kurslari ochildi. Idora raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansurga ko‘ra, 11 ta bilim yurtidagi kurslarda 1 dekabrdan 700 dan ortiq odam "Qur’oni karim va tajvid hamda arab tili"ni o‘rganishi mumkin.