O‘zbekistondagi aksariyat banklar pul jo‘natmalari berishni to‘xtatdi
Rossiyaning “Zolotaya korona”, “Kontakt” pul uzatish tizimlari bilan shartnoma bog‘lagan O‘zbekistondagi aksariyat banklar xorijdan yuborilgan pul jo‘natmalari berishni 5 yanvargacha to‘xtatdi. O‘zbekistonga pul yuborgan o‘n minglab mehnat muhojirlari oilalari yangi yil arafasida bu sovg‘adan mahrum qoladigan bo‘ldi.