O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilmoqda
Yana 30 yildan keyin O‘zbekistonni nimalar kutmoqda? Mamlakatimiz The Global Innovation Index jahonning eng innovatsion mamlakatlari top-50 ro‘yxatiga kirishi uchun nimalar qilinishi kerak? 6 iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi va BMTning Taraqqiyot Dasturi hamkorligida “O‘zbekistonning innovatsion rivojlanishda tanlagan yo‘li” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati ayni shu masalalarga bag‘ishlandi.