World News in Uzbek

O‘quvchisi urib o‘ldirilgan Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopilishi aytilmoqda

Toshkentdagi Borovskiy nomli tibbiyot kollejining o‘qituvchilari 15 iyun kuni favqulodda majlisga chaqirilib, kollej yopilishi mumkinligi haqida og‘zaki ogohlantirilgan. Bu haqda Ozodlik bilan gaplashgan o‘qituvchi kollejning yopilib, o‘quvchilarning boshqa kollejlarga tarqatib yuborilishi ehtimoli borligini aytar ekan, lekin bu haqda hali rasmiy buyruq chiqmaganini ta’kidladi. Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejidagi tekshiruvlar o‘quvchi Jasur Ibrohimovning kaltaklab o‘ldirilganidan so‘ng boshlangan edi.

Читайте на сайте