World News in Uzbek
Ноябрь
2017

Новости за 21.11.2017

Hordiq.uz 

БОЛА КЎТАРГАН БОШСИЗ АРВОҲ…

Англиялик Крис Чокернинг айтишича, яқинда арвоҳ билан тўқнаш келибди. Қаршисида бола кўтарган, бошсиз арвоҳ пайдо бўлибди. Чокер сира қўрқмай, арвоҳни суратга туширган ва интернет сайтларига тарқатган. — Мен қурувчи, таъмирловчиман, — дейди Чокер. — Яқинда Бристолдаги бир неча қаватли ташландиқ бинони капитал таъмирдан чиқаришга буюртма олдим. Бир куни куппа-кундузи ишлаб турганимда беихтиёр улкан деворда […]

Озодлик Радиоси 

Shvetsiya PEN-klubi Rashidovga bag‘ishlangan festival o‘tkazilishiga qarshi chiqdi

Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida 17-20 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan VI Yevroosiyo adabiyoti festivalida mahalliy kasaba uyushmalaridan biriga tegishli kichikroq zalda o‘zbek adibi Sharof Rashidovning “Kashmir qo‘shig‘i” kitobi taqdim qilindi. Adib tug‘ilgan kunning 100 yilligiga bag‘ishlangan festivalning Nobel muzeyi yoki Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilishiga Shvetsiyadagi bor necha tashkilot¸ xususan Shvetsiya PEN-klubi qarshilik qildi

Озодлик Радиоси 

Leningrad viloyatida shifoxonadan qochib ketgan 5 yashar o‘zbekistonlik qidirilmoqda

Leningrad viloyatining Vsevolojsk shahar politsiyasi kasalxonadan bitta pijamada qochib ketgan o‘zbekistonlik 5 yashar bolani qidirmoqda. Mahalliy politsiya mulozimi Ahmadning chiqindixonalarni titkilab yurganida ushlanganini, og‘ir kasal ekani aniqlangani uchun u 2 kun oldin mahalliy shifoxonaga yotqizilganini aytdi.

Озодлик Радиоси 

Mirziyoev ziyolilarni o‘zbekistonlikning AQShdagi hujumi haqda yozmagani uchun tanqid qildi

Mirziyoevning so‘zlaridan u 31 oktabr kuni Nyu-York shahrida yuk mashinasi bilan yo‘lovchilarni bostirgan 29 yashar o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov​ni nazarda tutganini tushunish mumkin. Prezident huquq-tartibot idoralari, "Mahalla", "Nuroniy" kabi jamoat tashkilotlarini o‘z vaqtida o‘zbekistonlikning ota-onasi bilan ishlamagani uchun qoraladi.

Озодлик Радиоси 

Tojikistonda barcha radiolarga prezident kitoblarini o‘qib eshittirish buyurildi

Tojikiston davlat teleradio qo‘mitasi qaroriga binoan, joriy haftadan boshlab mamlakatdagi davlatga qarashli va xususiy radiostansiyalar prezident Imomali Rahmonning kitoblarini audio shaklda eshittirishni boshlaydi. Qaror talablarini ijro etmagan radiostansiyalar faoliyati to‘xtatiladi.

Озодлик Радиоси 

Toshkentda soliqchilar va militsiya uyushtirgan reydda savdogarlar kaltaklangani aytilmoqda

Toshkentdagi “Shirin” bozorida 17 noyabr kuni soliqchilar va militsiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan noqonuniy savdoga qarshi reydda bir necha savdogar kaltaklanib, militsiya avtomashinalarida olib ketilgani to‘g‘risida voqea guvohlari Ozodlikka ma’lum qildilar. Biroq militsiya rasmiylari savdogarlar kaltaklangani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni inkor etmoqda.

Озодлик Радиоси 

Yoshlar ittifoqiga imtiyoz ustiga imtiyoz berilmoqda. Ular kimga tegadi?

Vazirlar Mahkamasining 14 noyabr kungi qarori bilan Yoshlar ittifoqi fidoyilari tavsiyanoma asosida  oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadigan bo‘ldi; 2018 yil yanvaridan ittifoqning tadbirkor bo‘lishni istagan a’zolariga foizsiz kredit berishni boshlash rejalanmoqda. Ayni paytda¸ prezident tashabbusi bilan tuzilgan Yoshlar ittifoqiga berilayotgan bu imtiyozlar uchun mablag‘ning qaerdan olinishiyu yangi imtiyozlardan kimlar bahramand bo‘lishi hozircha noma’lum qolmoqda.

Hordiq.uz 

КЕЛИНГ, БИР КУЛИШАЙЛИ-ИК!!!

* * * Ярим тунда телефон жиринглади. Гўшакни уй бекаси кўтарди. Эри экан. Хотинидан сўради: — Мен уйга кетяпман. Жуда кеч қолиб кетмадимми? — Йўқ, азизим. — Майлими 6 нафар улфатимни ҳам уйга олиб борсам? — Албатта, азизим. — Эрталабгача кайф-сафо қилардик. — Жоним билан, азизим. Шу пайт бирдан эри жим бўлди. Бироздан сўнг аянчли […]

Озодлик Радиоси 

Mirziyoevning tanbehidan keyin o‘quvchi qizlarning bokiraligini tekshirish kuchaydi

Samarqand viloyatidagi kollejlar va o‘rta maktablarning yuqori sinf o‘quvchi qizlari ginekolog tekshiruvidan o‘tkazilmoqda. Viloyat hokimligi mulozimining Ozodlikka bildirishicha¸ bu tadbir o‘quvchi qizlar orasida “erta jinsiy hayotni boshlaganlarni” aniqlash maqsadida o‘tkazilgan. Ozodlik bilan suhbatlashgan kollej o‘quvchisi “tekshiruvninng majburiyligidan” shikoyat qildi

Zamin.uz 

“Пахтакор” клубига эллик миллион миқдорида жарима белгиланди, бунга сабаб Лобановми?

Ўзбекистон Профессионал Футбол Лигаси Тартиб-интизом қўмитаси 19 ноябрь куни, Олий Лига 29-тури доирасида Қарши шаҳридаги “Марказий” стадионида бўлиб ўтган “Насаф” – “Пахтакор” учрашувидан сўнг, стадиондаги мухлислар ва “Пахтакор” клуби дарвозабони Александр Лобанов ўртасида юз берган воқеани ўрганиб чиқди.

Ўйиндан сўнг, Александр Лобанов майдонни тарк этар экан, “Насаф” клуби мухлислари унинг шаънига нолойиқ сўзларини йўллаб, ҳақорат қилишган. "Пахтакор" дарвозабони эса бунга ноўрин ҳаракатлар билан жавоб қайтарган. Читать дальше...

Озодлик Радиоси 

O‘zbekistonlik ayolning 6 yashar qizini Moskva politsiyasi tortib oldi

Moskvaning Klin shahrida o‘zbekistonlik muhojir ayolning tashqariga bir o‘zi o‘ynagani chiqib ketgan 6 yoshli qizini politsiya xodimlari olib ketishdi. Buxorolik Feruza O‘tkirova 17 kundan buyon bolalar reabilitatsiya markazida qolayotgan qizaloqni tortib olishlari mumkinligidan xavfsiramoqda.

Озодлик Радиоси 

Tojikistonda fohishalar xizmatidan foydalanganlarni ham jazolash taklif qilindi

Tojikistonda mavjud qonunlarga binoan, hozirda fohishalik uchun faqat ayollar jazolanib, ular xizmatidan foydalangan erkaklar jazosiz qolmoqda. Tojikiston bosh prokuraturasiga ko‘ra, mamlakat ma’muriy kodeksiga kiritiladigan o‘zgartishlar loyihasi tayyorlangan va u muhokama hamda tasdiqlash uchun mamlakat parlamentiga yuborilgan.

Озодлик Радиоси 

Atambaev prezident sifatidagi eng so‘nggi matbuot anjumanini o‘tkazdi

Almazbek Atambaev 20 noyabr kuni Qirg‘iziston prezidenti sifatida eng so‘nggi matbuot anjumanini o‘tkazdi. O‘zining 6 yillik prezidentlik faoliyatiga yakuniy baho bergan Atambaev keyingi parlament saylovlarida o‘z nomzodini deputatlikka ko‘rsatishini, ammo parlament raisi ham, bosh vazir ham bo‘lish istagida emasligini aytdi.

Zamin.uz 

Буюк Хитой деворини аслида хитойликлар қурмаганми?

Сўнгги вақтларда тарихчилар ва атоқли олимлар Буюк Хитой деворини хитойликлар эмас, балки уларнинг қўшнилари, айнан хитойликлардан ҳимояланиш учун қурган, деган фаразни илгари сурмоқда, деб ёзади «Hordiq.uz».
Биринчи ўринда девордаги туйнукларнинг жойлашуви деворни хитойликлар қурмаганига ишора қилади. Хитойликлар шимолий кўчманчи қабилалардан ҳимояланиш учун туйнукларни шимолга қарата қурган бўларди, аммо Буюк Хитой деворининг катта қисмида туйнуклар негадир жанубга, Хитой ҳудудига қараб турибди. Читать дальше...